September 29, 2021

Ustoz va murabbiylar doim e’zozda

Joriy yilning 29-sentyabr kuni “O‘zbektelekom” AK “Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi” filialida 1-oaktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlab videokonferensiya ko‘rinishida o‘quv seminari o‘tkazildi.

“Ustoz va murabbiylar doim e’zozda” mavzusida bo‘lib o‘tgan seminarda Kompaniya ijroiya apparati va tarkibidagi filiallarning rahbar va mutaxassislari hamda faxriy ustoz xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Vatanga, xalqiga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan shaxsni voyaga yetkazishda pedagoglarning o‘rni va ahamiyati, O‘zbekistonda optik aloqa tizimlarining rivojlanish tarixi, telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan muhim loyihalar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.

Xususan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Telekommunikatsiya injeneringi kafedrasi professori, texnika fanlari nomzodi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Rixsi Isayev seminar ishtirokchilarini bayram munosabati qutlab, mamlakatimizda optik aloqa tizimlarining rivojlanish tarixiga oid qiziqarli ma’lumotlarni ulashdi.

Seminar qatnashchilari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumot olishdi.

UZTELECOM – Milliy operator!

@uztelecomuz

@uztelecompress