Soha yangiliklari
Yesterday

Soha yo‘alishida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 571 nafar xodim malakasi oshirildi

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida korrupsiyaga qarshi kurashish va faoliyatda shaffoflikni ta’minlash masalalariga doimiy ravishda alohida e’tibor qaratib kelinadi.

Xususan, 2025-yilning yanvar – sentyabr oylari davomida mazkur yo‘nalishda o‘tkazilgan o‘quv kurslarida jami 571 nafar xodim qamrab olindi. Bu orqali ularning huquqiy bilimlari, mas’uliyat tuyg‘usi hamda davlat xizmatchisi sifatidagi etika me’yorlari bo‘yicha saviyasi yanada oshirildi.