Munosabatlar
December 16

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Vodiy1.uz” Telegram kanali orqali Farg‘ona viloyati Buvayda tumani, Yangiqo‘rg‘on shaharchasi "Ing‘irchoq" MFY Tolqishloq, Soyguzar ko‘chasida yashovchi fuqaro Internet tarmog‘iga ulanish maqsadida yo‘llagan murojaati e’tiborsiz qoldirilayotganligidan shikoyat qilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati tegishli bo‘linmaga xabar bergan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari vaziyatni nazoratga olib, qisqa fursatda murojaatchi manziliga qadar 350 metr magistral aloqa liniyasi tortilib, fuqaro xonadonida Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyati yaratilganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati