Munosabatlar
Yesterday

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi "Нурилло Нуритдинов" Telegram kanali orqali fuqaro Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani "Qumdaryo" MFY hududida internet aloqa kabellari tartibsiz holga kelib qolganligi ta’kidlangan murojaat qoldirganligi hamda mazkur murojaat tezkor nazoratga olinganligi, shuningdek ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirilgan edi.

Ishlar natijasiga ko‘ra mazkur hududda kabellar oralig‘idagi 2 ta yog‘och ustun demontaj qilinganligi hisobiga kabel yer ustiga tushib qolganligi aniqlandi. Shunga ko‘ra, yangi o‘rnatilgan beton ustunlar orqali aloqa liniyasi tiklanib, yuzaga kelgan holat bartaraf etilganligi bildiriladi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati