Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, yaqinda Yangiyo‘l tumanida yashovchi fuqaro tumanning Niyozbosh qishlog‘i Gulbog‘ ko‘chasidan aloqa kabellarining tartibsiz holga kelib qolganligi bo‘yicha ma’lumot yo‘llagan. https://t.me/Yangiyolliklar/28270
Ushbu ma’lumot Kompaniya tomonidan tegishliligi bo‘yicha hududiy bo‘linmaga yuborilgan. Hududiy bo‘linma tomonidan aniqlanishicha mazkur holat bir muddat oldin hududdagi daraxt shoxlarini tartiblash jarayonida yuzaga kelganligi va ayni paytda holat bartaraf etilganligi ma’lum qilindi. Kompaniya tarmoq xizmatiga bildirgan e’tibori uchun murojaatchiga minnatdorlik bildiradi.