Soha yangiliklari
May 16

“TSHTT” filiali: Yangihayot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

“O‘zbektelekom” AK “TSHTT” filiali masʼul xodimlari ishtirokida Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan “Xushnud” MFY hududida sayyor qabul tashkil qilindi.

Unda fuqarolarning mobil aloqa va Internet xizmatlariga oid murojaatlari o‘rganildi. Ochiq tarzda o‘tkazilgan tadbir davomida aholi murojaatlarining aksariyati shu joyning o‘zida ijobiy hal qilindi. O‘rganilishi vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga zaruriy topshiriqlar berildi.

Sayyor qabul doirasida mahalla aholisiga ko‘chma savdo mobil aloqa ofislarining xizmatlari ham ko‘rsatildi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati