Munosabatlar
November 8
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Facebook tarmog‘i orqali fuqaro foydalanayotgan Internet tarmog‘i ko‘rsatilgan tezlikda ishlamayotganligi bo‘yicha murojaat yo‘llagan.
Murojaat yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berildi va bo‘linma mutaxassislari murojaatchi bilan bog‘lanib, mavjud muammo bo‘yicha tushuntirish berganligi hamda masalani ijobiy hal qilganligi bildiriladi.