Munosabatlar
February 14

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Потребитель Бухара” Telegram kanali orqali Buxoro shahar “Mohi-Xossa” MFY, Shifokor koʻchasida yashovchi fuqaro Kompaniyaga tegishli boʻlgan aloqa ustuni qulash holatida ekanligini bildirib murojaat yo‘llangan.

Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari hududga borib, aloqa ustunini boshqasiga almashtirganligi va mavjud muammo bartaraf etilganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati