December 1, 2021

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqaro Po‘latchi mahallasiga hanuzgacha optik tolali aloqa kabellari tortib borilmaganligiga norozilik bildirgan. https://www.facebook.com/arslan.kaplan.9022/posts/1107650213391617

Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganib chiqilib, tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborilgan. Hududiy bo‘linmaning ma’lum qilishicha mazkur ishlar rejaga muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshirilgan va ayni paytda murojaat muallifi nazarda tutgan hududlarga optik tolali aloqa kabellari yotqizilgan.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress