Munosabatlar
December 10

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “ЖАМОАТ НАЗОРАТИ” Telegram kanali orqali Farg‘ona viloyatida yashovchi fuqaro Internet tarmog‘ining tezligi yaxshi emasligidan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati tegishli bo‘linmaga xabar bergan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari murojaatchi bilan bog‘lanilib, zaruriy tushuntirishlar berilganligi va mavjud muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati