Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoq orqali “SizdanTelegram” Telegram kanalida Andijon viloyati Asaka tumani Mirzaobod MFY A.Qoraboyev ko‘chasida yashovchi fuqarolar xonadoniga internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini yaratib berishlarini so‘rab murojaat qilishgani, biroq mazkur masala hanuzgacha yechim topmaganligidan shikoyat qilishgan.
Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari murojaatda keltirilgan manzilga chiqib, hududda telekommunikatsiya xizmatlarini tashkil etishning texnik imkoniyati mavjud emasligi va tuman telekommunikatsiya bog‘lamasining yillik ish dasturiga muvofiq mazkur hududda 2023-yil 2-choragi davomida (imkon qadar ko‘rsatilgan muddatdan oldin) internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratib berilishi bildiriladi.