Munosabatlar
July 13

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi “Komporuz” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Izboskan tumani “Toshkechik” MFY Buloqboshi ko‘chasida yashovchi fuqaro Kompaniyaning hududiy filialida faoliyat yuritishi va yaqinda uning xabarisiz shtat razriyadi tushirilganligi yuzasidan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilganligi va murojaatda keltirilgan masala ma’lumot uchun qabul qilinganligi hamda mazkur holat yuzasidan xodimlar o‘tasida tushuntirish ishlari olib borilganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati