Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda “Кушербаевга мурожаат” Telegram kanali orqali Toshkent viloyati Quyi Chirchiq Vatan MFYda yashovchi fuqarolar mahalla hududida internet tarmog‘ini tashkil qilib berishlarini so‘rab qilgan murojaatlari e’tiborsiz qoldirib kelinayotganligidan shikoyat qilib murojaat yo‘llashgan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Ya’ni, haqiqatan ham murojaatda keltirilgan hududni telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida, zamonaviy infratuzilmani tashkil qilish ishlari joriy yilning 4-chorak rejasiga olingan. Ayni paytda ushbu hududda internet xizmatlarini ko‘rsatish uchun zamonaviy OLT qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lib, kabel tortish ishlari davom ettirilmoqda. Ishlar belgilangan muddatda yakunlanishi bildiriladi.