Munosabatlar
November 1, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi “xalknazorati_narodniykontrol” Instagram guruhi orqali Yunusobod tumani Xonariq 6-uy manzilida yashovchi fuqaro tomonidan Kompaniya tarmoqqa ulangan abonentlarga WI-FI router va’da qilayotgani, lekin amalda router tarqatilmayotganidan shikoyat qilingan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari murojaatda keltirilgan masalani atroflicha o‘rganib chiqib, mavjud holat yuzasidan o‘rnatilgan tartib asosida tushuntirish ishlari olib borilganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati