October 31, 2023
Inson kitob bilan, kitob inson bilan tirik!
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ta’kidlaganidek:
«Kitob — beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai».
Insonning o‘qimishli, ziyoli ekanini uning gap-so‘zlaridan ham bilish mumkin. Boisi, kitob mutolaasi inson dunyoqarashini kengaytiradi, uning barkamol shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.