Munosabatlar
July 4

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, facebook tarmoqdagi "Потребитель.уз" guruhi orqali fuqaro tomonidan internet tezligi bilan bo‘liq murojaat eʼlon qilingan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya tegishli boʻlinma xodimlari qayta aloqaga chiqishganligi hamda murojaat boʻyicha qo‘shimcha ma’lumot so‘rab so‘rov qoldirilganligi bildiriladi. Biroq murojaatchi zaruriy ma’lumotlarni taqdim etmagan. Ma’lumotlar taqdim etilishi bilan murojaat ijobiy hal qilinishga yo‘naltirilishi bildiriladi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati