February 23, 2023
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbektelekom” AK xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Facebook tarmog‘i orqali Surxondaryo viloyati Boysun tumani hududida yashovchi fuqaro Internet tarmog‘ida uzilishlar yuzaga kelayotganligidan shikoyat qilgan.
Ushbu murojaat Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan hududiy bo‘linmaga xabar berildi. Murojaat hududiy bo‘linma nazoratiga olindi. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.