Munosabat
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Jumladan, X ijtimoiy tarmog‘i orqali tarif rejasi narxlariga kiritilgan o‘zgarishlarga e’tiroz bildirib murojaat qoldirgan.
Mazkur murojaat aniqlanishi bilan tegishli bo‘linmaga xabar berilgan va bo‘linma mutaxassislari tomonidan murojaatchiga zaruriy tushuntirishlar berilganligi bildiriladi.
Ya’ni, Internet xizmatlarining yanada yuqori sifatini ta’minlash va texnik infratuzilmani modernizatsiya qilishga, telekommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilashga uzluksiz investitsiyalar kiritib borish bilan bog‘liqligi haqida batafsil ma’lumot berilganligi bildiriladi.