September 28, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda Muxbir Daliyev telegram kanali orqali Andijon shahar Bobur shoh ko‘chasida joylashgan 108-ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqaro xonadonida Internet tarmog‘i bilan bog‘liq yuzaga kelgan muammo borasida murojaat yo‘llagan.
https://t.me/muxbirdaliev/18327

Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, ushbu masala yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari murojaatda keltirilgan vaziyatni o‘rganib chiqib, Andijon shahar Bobur shoh ko‘chasida joylashgan 108-ko‘p qavatli uyga o‘rnatilgan Internet qurilmasidagi mavjud muammoni bartaraf etishganligini ma’lum qilamiz.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress