Munosabatlar
Today

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi "Xalq nazorati" Telegram kanali orqali Samarqand viloyatining olis hududlaridan birida mobil aloqa tarmogʻi mavjud emasligi nazarda tutilgan murojaat eʼlon qilingan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli boʻlinmaga yoʻnaltirilganligi va boʻlinma mutaxassislari tomonidan murojaatda keltirilgan masala yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berilishi soʻrab qayta aloqa oʻrnatilganligi bildiradi.

Murojaat nazoratga olinganligi hamda qoʻshimcha maʼlumot taqdim etilishi bilan muammo ijobiy hal etilishi bildiriladi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati