Munosabat
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Potrebitel.Uz” guruhi orqali Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududida yashovchi fuqaro internet tezligi bilan bog‘liq murojaat qoldirgan.
Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan murojaatchiga qayta aloqaga chiqishgan va zaruriy qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishi so‘ralgan.
Shundan so‘ng, holat batafsil o‘rganilib yuzaga kelgan muammo to‘laligicha bartaraf etilganligi bildiriladi.