June 21, 2022
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda UZTELECOM milliy operatori xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasi Axborot xizmati tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Andijon viloyatiga yashovchi fuqaro “Uzmobayl” Andijonda yaxshi ishlamayotganligi va operatorlar bilan bog‘lanib bo‘lmayotganligidan shikoyat qilgan. https://t.me/chaqir2022/432
Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborilgan. Hududiy bo‘linma mas’ullari murojaatchi bilan bog‘lanib vaziyatga oydinlik kiritishgan. Murojaatchi e’tirozi yo‘qligini bildirgan.