January 12, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AKning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “IZBOSKAN NEWS.UZ” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Izboskan tumani Daminboychek mahallasi Do‘stlik ko‘chasi hududidan o‘tgan Wi-Fi simlari yonib ketganligi aytilib, bu borada amaliy yordam so‘rab murojaat yo‘llangan.

Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari hududga chiqib yuzaga kelgan muammoni bartaraf etishgan. Masala ijobiy hal etilganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress