UZTELECOM “Job Fest – 2024” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi
“O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filiali Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘lib o‘tgan “Job Fest – 2024” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi. Tadbir universitet bitiruvchilariga istiqbolli ish va kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini izlashda yordam berish uchun tashkil etildi.
Yarmarka doirasida universitet bitiruvchilari uchun mavjud bo‘lgan keng ko‘lamli bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi. Talabalar va bitirvchilar mamlakatning yetakchi telekommunikatsiya Kompaniyasida kasbiy o‘sish imkoniyatlari haqida ko‘proq ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Yarmarkada ishtirok etish Toshkent shahridagi Inha universiteti va “O‘zbektelekom” AK o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash yo‘lidagi yana bir qadamdir. Kompaniya telekommunikatsiya sohasining bo‘lajak mutaxassislarini istiqbolli ish bilan ta’minlash va malakasini oshirish orqali qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda.