December 15
Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan tadbirdan videolavha
Soha faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, korrupsiyaviy harakatlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga barham berish va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish maqsad qilingan tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umid Mavlyanov hamda Kompaniya rahbariyati ishtirok etdi.