Munosabatlar
Yesterday
Munosabat
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi "Yangiyoʻlliklar" Telegram kanali orqali hududdagi "Baxt" MFY Ijodkor koʻchasida internet tarmogʻi kabellari tartibsiz holga kelib qolganligi toʻgʻrisida murojaat yoʻllangan.
Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan tegishli boʻlinmaga yoʻnaltirildi.