Munosabatlar
Yesterday
Munosabat
"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Facebook tarmog‘idagi shaxsiy sahifasi orqali fuqaro Farg‘ona viloyati So‘x tumanida mobil aloqa sifati bilan bog‘liq murojaat qoldirgan.
Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli boʻlinmaga yoʻnaltirilgan va bo‘linma mutaxassislar tezkorlik bilan murojaatchi bilan qayta aloqa o‘rnatish orqali vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida qo‘shimcha ma’lumotlar so‘rashgan.
Murojaatchi so‘ralgan ma’limotlarni taqdim etishi bilan murojaat ijobiy hal etish uchun yo‘naltirilganligi bildiriladi.