Soha yangiliklari
Today

Navbatdagi sayyor qabul Samarqand tumanida ötkazildi

“Özbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli Samarqand viloyati Samarqand tumani “Oxalik” mahalla fuqarolar yiğinida bölib ötdi.

Unda mahalla aholisi va fuqarolarning telekommunikatsiya xizmatlari sifati, internet tarmoğiga ulaniş, aloqa infratuzilmasini yaxşilaş hamda mavjud muammolar yuzasidan murojaatlari örganildi.

Sayyor qabul davomida murojaat va bildirilgan takliflarning asosiy qismi joyida ijobiy hal etildi. Örganib çiqilişi ma’lum vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan hududiy mas’ullarga tegişli körsatmalar berildi.

Tadbirda, şuningdek, sohada amalga oşirilgan işlar, korrupsiyaga qarşi kuraşiş va kiberxavfsizlik borasida olib borilayotgan çora-tadbirlar hamda hududda kelgusida amalga oşirilişi rejalaştirilgan loyihalar xususida ham söz yuritildi.

“Özbektelekom” AK Axborot xizmati