Soha yangiliklari
March 29
“Avtomobilsiz kun” aksiyasi
Prezidentimizning “O‘zbekiston – 2030 strategiyasini Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq amalga oshirilayotgan mazkur tadbir doirasida rahbarlar va boshqa davlat xizmatchilari ishga jamoat transportida kelishi belgilangan.
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, shaharlarda avtomobillar harakatini kamaytirish va jamoat transportini rivojlantirish maqsad qilingan aksiyada «O‘zbenktelekom» AK mas’ullari ham faol ishtirok etdi.