Soha yangiliklari
March 7

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami!

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “O‘zbektelekom” AK Sirdaryo filialida bayram tadbiri tashkil qilindi.

Tadbirda Filial jamoasi nomidan xotin-qizlarga hurmat-ehtirom ko‘rsatildi. Ularning jamoadagi muvaffaqiyatlari, soha taraqqiyotiga qo‘shayotgan salmoqli hissasi alohida e’tirof etildi.

Bayram tuhfasi sifatida san’atkorlar tomonidan ijro qilingan navolar tadbir ishtirokchilariga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

Shuningdek, Filialda bayram munosabati bilan tashkil qilingan sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham tashkil qilindi.

Hududdagi har bitta tuman va shahar telekommunikatsiya bog‘lamasidan soha xodimlari sportning shaxmat, shashka, tennis yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro bellashgan musobaqa g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati