Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoq orqali “Zo‘r TV” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturi orqali O‘zbekistonda Internet tezligi va sifati talab darajasida emasligi, mutasaddi tashkilot tomonidan 2023-yilning mart oyidan mobil internet tezligi oshirilishi va 5G texnologiyasi ishga tushirilishi ma’lum qilingani, biroq bu borada ishlar amalga oshirilmagani ta’kidlangan.
Ushbu ma’lumot yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi. “O‘zbektelekom” AK o‘z oldiga belgilab olgan yillik ish rejasiga muvofiq haqiqatan ham, 2023-yilning mart oyidan mamlakat bo‘ylab 5G texnologiyasini joriy etish loyihasiga start berilishi aytib o‘tilgan.
Biroq mazkur ma’lumotda keltirilganidek, bu borada amalga oshirilayotgan loyihaning birinchi bosqichida 5G tarmog‘i bilan Toshkent shahrini to‘laqonli qamrab olish, shuningdek, respublikamiz viloyat markazlari qisman qamrab olinishi ta’minlanadi va shu maqsadga qaratilgan ishlar boshlab yuborilganligi bildiriladi.