Munosabatlar
January 26

Munosabat

"Oʻzbektelekom" Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlarni oʻrganish va monitoring qilish ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Jumladan ijtimoiy tarmoqdagi "Prezidentiga murojaat" Telegram kanali orqali bir guruh aholi vakillari Samarqand viloyati Payariq tumani Nakrut qishlogʻi hududida aloqa sifati yaxshi emasligini, bu borada amaliy yordam berilishini soʻrab murojaat yoʻllangan.

Murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli boʻlinmaga yoʻnaltirilgan. Oʻz oʻrnida boʻlinma mutaxassislari kanal maʼmuriyati bilan qayta aloqa oʻrnatib, zaruriy qoʻshimcha maʼlumotlar soʻralgan va murojaat tezkorlik bilan nazoratga olingan.

Ishlar natijasi yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

"Oʻzbektelekom" Axborot xizmati