July 15, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda UZTELECOM milliy operatori xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasi Axborot xizmati tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Qashqadaryo viloyati Koson tumani Chorbog‘ mahallasida yashovchi fuqaro internet tarmog‘idan foydalanishi uchun har oy 170 ming so‘m to‘lovni amalga oshirib kelayotganligi, biroq hali bir yil to‘lmasdan ham Wi-Fi qurulmasida nosozlik kuzatilayotganligini ma’lum qilgan va mazkur holat bo‘yicha amaliy yordam berilishini so‘rab murojaat yo‘llagan.

https://t.me/sizdantelegram/40162

Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mas’ullari tomonidan mavjud holat o‘rganib chiqilib, yuzaga kelgan muammo bartaraf etilgan. Murojaatchi Kompaniya xizmatlaridan e’tirozi yo‘qligini ma’lum qilgan.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati