Soha yangiliklari
May 7

Namangan filiali: soha faollari va fahriylari e’tirof etildi

“O‘zbetelekom” AK Namangan filialida “7-may – O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni” bayrami hamda 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tizimda faoliyat olib borayotgan soha faollari va fahtiylari taqdirlandi va e’tirof etildi. 250 kishidan iborat fidoyilarning mehnati alohida e’tirof etilib, dasturxon atrofida ularga Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shu bilan birga sohada uzok yillar samarali mehnat qilgan va hozirda betob bo‘lib yotgan 15 nafar fahriylar holidan xabar olindi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati