Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Jamoatchilik nazorati” guruhi orqali Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaro yashash huddudda aholi xonadoniga tayanch stansiyasi o‘rnatilayotganligi va bu amaldagi tartib qoidalarga to‘g‘ri kelish, kelmasligiga oydinlik kiritib berilishini so‘rab murojaat yo‘llangan.
Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, masala yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida mazkur tayanch baza stansiyasi hali ishga tushirilmagan (sektorlar ilinmagan)ligi hamda murojaatdan kelib chiqib, tayanch baza stansiyasining keyingi faoliyati qayta ko‘rib chiqilayotganligi ma’lum qilinadi.