“O‘zbektelekom” AK tomonidan Chimboy tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
Telekommunikatsiya sohasida aholiga qulayliklar yaratish, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini joylarda o‘rganish hamda ularni tezkor hal etish maqsadida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan joylarda muntazam ravishda sayyor qabul o‘tkazib kelinmoqda.
Shunday tadbirlardan navbatdagisi Kompaniya rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanida tashkil qilindi.
Tadbir davomida aholi va tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar – telekommunikatsiya xizmatlarining sifati, yangi abonentlarni ulash jarayonlari, yuqori tezlikdagi internet hamda qo‘shimcha infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha taklif va murojaatlar o‘rganildi.
Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, ularning aksariyatiga joyida amaliy yechimlar taklif etildi. Ayrim masalalar yuzasidan hududiy mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.