Munosabatlar
April 30

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook ijtimoiy tarmog‘i “Prezidentga murojaat” guruhi orqali “O‘zbektelekom” AK Surxondaryo filiali direktori xodimlarlarga modem qurilmasini xodimlarga majburlab sotayotgani tanqid qilingan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi. Ya’ni mazkur masalada olib borilgan ichki o‘rganish ishlari natijasida ushbu shikoyat dalili isbotlanmadi. Shu bilan birga, ma’muriyat tomonidan barcha filiallar rahbarlari uchun tushuntirish ishlari amalga oshirildi va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik qat’iy tushuntirildi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati