Munosabatlar
July 23

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Tashkent_Land” Telegram kanali orqali fuqaro Toshkent Shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Sayram ko‘chasi hududida aloqa kabellari tartibsiz holga kelib qolganligi bo‘yicha murojaat qilgan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan mavjud muammoni bartaraf etishganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati