May 1, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoq orqali “RASMIY.UZ” Telegram kanalida Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Yangi hayot MFY hududida yashovchi fuqaro mazkur manzilda mobil aloqa va internet xizmati sifati yaxshi emasligi, shu bois mobil baza stansiyasi o‘rnatib berishlarini so‘rab murojaat qilgan.

https://t.me/rasmiykanal_uz/21108

Ushbu murojaat bo‘yisa Kompaniya tomonidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Ya’ni murojaatda keltirilgan hududni sifatli aloqa ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida dasturiy rejaga muvofiq dastlabki ishlar boshlab yuborilgan va bu borada murojaatchi bilan bog‘lanib, batafsil ma’lumot berilgan.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati