Munosabatlar
July 26, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbektelekom” AK xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Vodiy1.uz” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Andijon shahar Xo‘tanariq MFY Qizil karvon ko‘chasida yashovchi fuqarolar internet tarmog‘iga ulanish borasida amaliy yordam so‘rab murojaat qilishgan.

Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari tomonidan ushbu hududda yashovchi aholining internet tarmog‘iga ulanishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilganligi va muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati