Soha yangiliklari
March 12

Namangan filialida ham ayollarga ehtirom ko‘rsatildi

8-mart – Xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan “Ayolni qadrlash – millatni qadrlash” mavzusidagi tadbirlar Kompaniyaning ko‘pgina hududiy filiallari qatori Namangan filialida ham tashkil qilindi.

Tadbirda filial rahbariyati hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan jamoadagi xotin-qizlar mehnati alohida e’tirof etildi. Bayram tuhfasi sifatida esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Bayram tadbirining madaniy-ma’rifiy qismi qatnashchilarga o‘zgacha kayfiyat ulashish barobarida, ularda bayramona taassurot qoldirdi.