Munosabatlar
March 5
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Потребитель Бухара” Telegram kanali hamda X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘i orqali fuqarolar Kompaniya hech qanday ogohlantirishsiz abonentlar tariff rejalariga o‘zgartishlar kiritganligini aytib, bundan shikoyat qilgan.
Mazkur murojaatlar bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi. Ya’ni, tariflar bo‘yicha abonentlar nazarda tutgan o‘zgarishlar yuzasidan Kompaniya rasmiy veb-saytida o‘z vaqtida belgilangan tartibda axborot e’lon qilinganligi bildiriladi.