Munosabatlar
December 1

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Soyalar Xabari” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Izbosgan tumani “Gudur” MFQ hududida yashovchi fuqaro hududda Wi-Fi tarmog‘i bilan bog‘liq yuzaga kelgan muammolar yuzasidan murojaat yo‘llagan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda mazkur masala bo‘linma mutaxassislari tomonidan nazoratga olingani bildiriladi. Ishlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati