Munosabat
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Jumladan, Kompaniyaning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga fuqaro Wi-Fi tarmog‘idagi uzilishlar bilan bog‘liq murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilgan va bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan murojaatchiga qayta aloqaga chiqishgan. Holatga oydinlik kiritib, masala nazoratga olingan.
Shundan so‘ng, hududiy bo‘linma mas’ullari tomonidan holat batafsil o‘rganilib, yuzaga kelgan muammo to‘laligicha bartaraf etilganligi bildiriladi.