Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AKning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Суриштирувлар” telegram kanali orqali Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida yashovchi fuqaro internet tarmog‘ida uzilishlar bo‘layotganligi va bu boradagi murojaatlari e’tiborsiz qoldirilayotganligidan shikoyat qilgan.
Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, masala yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan tegishli o‘rganish ishlarini olib borib, murojaatda keltirilgan muammoga tarmoq yo‘nalishidagi elektr ta’minotida kuzatilgan uzilishlar sabab bo‘lganligiga oydinlik kiritishdi. Ayni paytda barcha masalalar bartaraf etilib, muammo ijobiy hal etilganligi ma’lum qilinadi.