March 28, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Kompaniyaning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga Xorazm viloyati Urganch tumani Xiva yo‘lidagi G‘oybu qishlog‘ida Kompaniyaga tegishli mobil aloqa tayanch stansiyasi o‘rnatilganligi, biroq ishlar yakuniga yetkazilmaganligi bo‘yicha e’tiroz bildirib murojaat yo‘llangan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya tomonidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Ya’ni, murojaatda keltirilgan hududda ayni paytda haqiqatan ham aloqa baza stansiyasi o‘rnatilgan bo‘lib, uning yakunlanuvchi jihozlar bilan ta’minlanishi hududiy filialning yillik ish dasturiga muvofiq amalga oshirilishi va 2023-yil 3-choragi davomida (imkon qadar ko‘rsatilgan muddatdan oldin) foydalanishga topshirilishi rejalashtirilganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati