Munosabatlar
Today

Munosabat

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Potrebitel.Uz” guruhi orqali fuqaro tarif rejasini masofadan turib o‘zgartirshda duch kelgan holat bilan bog‘liq murojaat qoldirgan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga yo‘naltirilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan murojaatda keltirilgan masalaga oydinlik kiritish maqsadida mazkur murojaat havolasi orqali qayta aloqaga chiqib, masala yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar so‘rab so‘rov qoldirgan.

So‘ralgan ma’lumotlar taqdim etilishi bilan holat yuzasidan murojaatchiga zaruriy tushuntirishlar berilganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati