December 19, 2023
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Kompaniyaning Facebook tarmog‘idagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhi orqali Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi fuqaro internet tarmog‘iga GPON texnologiyasi asosida ulab berishlarini so‘rab murojaat yo‘llagan.
Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan hududiy bo‘linmaga xabar berilganligi va ayni paytda murojaat ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.