June 4
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali Samarqand shahar Zamaxshariy ko‘chasi yashovchi fuqaro xonadoniga ulangan Internet tarmog‘i ishlamay kelayotgani to‘g‘risida shikoyat qilib, murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tomonidan murojaatchining arizasi qabul qilinib, mavjud muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.