Munosabatlar
Today

Munosabat

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, Facebook tarmogʻidagi "Xalq blogerlari" guruhi orqali Farg‘ona viloyati So‘x tumani hududida aloqa va internet tarmog‘i sifati yaxshi emasligi ta’kidlangan murojaat qoldirilgan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan tegishli bo‘linmaga yuborilgan va mas’ullar nazoratiga yo‘naltirilganligi bildiriladi. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati